Prava Test EDU

Prava imtihoni onlayn: haqiqiy imtihon rejimida sinov

Imtihon rejimi («Haqiqiy imtihon») bilimingizni vaqt bilan sinaydi: 20 ta savol, 25 daqiqa vaqt va o'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob. Vaqt tugaguncha javoblarni belgilaysiz, oxirida natija, xatolar sharhi va qaysi mavzularda ko'p xato qilganingiz ko'rsatiladi. Imtihon rejimi ro'yxatdan o'tmasdan ham ochiq.

Hisobingizga kirgan bo'lsangiz, savollar tasodifiy emas, shaxsiy tanlanadi: avval hali 3 martaga yetmagan savollar, hammasi ishlangach esa ko'p xato qilganlaringiz chiqadi — shu tariqa har bir urinish bilimingizdagi bo'shliqlarni ko'rsatadi. Mehmon rejimida savollar barcha mavzulardan aralashtirib beriladi, shuning uchun har bir urinish YHQning turli boblarini qamrab oladi.

Imtihon qoidalari

Imtihonlar soni cheklanmagan — xohlagancha qayta topshirishingiz mumkin. Hisobingizga kirsangiz, har bir urinish tarixi va o'tish darajangiz statistikada saqlanadi. Imtihon rejimining asosiy shartlari:

  • 20 ta savol
  • 25 daqiqa vaqt
  • O'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob
  • Natija, xatolar sharhi va ko'p xato qilingan mavzular
  • Haftalik, oylik va umumiy reyting

Imtihondan o'tish ehtimoli va tayyorgarlik

Tayyorgarlik foizi har bir savolni necha marta ishlaganingizdan hisoblanadi: 100% — barcha savollar kamida 3 martadan ishlanganda. «O'tish ehtimoli» esa shaxsiy natijalaringiz asosida 20 savoldan kamida 18 tasini to'g'ri yechish ehtimolini taxmin qiladi. Bu kafolat emas, balki tayyorligingizni ko'rsatuvchi mo'ljal.

Nazariy qismga tayyor bo'lgach, amaliy imtihonga — avtodromga o'ting: mashqlar va jarima ballari Avtodrom bo'limida jamlangan.

Imtihon uchun maslahatlar

Imtihon paytida quyidagi oddiy qoidalar vaqtni to'g'ri taqsimlashga yordam beradi:

  • Ishonchli savollardan boshlang
  • Ikkilanmang — keyingi savolga o'ting
  • Qiyin savollarni oxiriga qoldiring
  • Kalit so'zlarga e'tibor bering

Ko'p beriladigan savollar

Prava imtihonida nechta savol bo'ladi?

Prava Test EDU imtihon rejimida 20 ta savol va 25 daqiqa vaqt beriladi. O'tish uchun kamida 18 ta to'g'ri javob kerak, ya'ni ko'pi bilan 2 ta xatoga yo'l qo'yiladi.

Imtihon savollari qanday tanlanadi?

Hisobingizga kirgan bo'lsangiz, avval 3 martaga yetmagan savollar, keyin ko'p xato qilganlaringiz chiqadi. Mehmon rejimida savollar barcha mavzulardan aralash beriladi.

Imtihonni necha marta topshirish mumkin?

Cheklov yo'q: imtihonni xohlagancha qayta topshirishingiz mumkin.

Ro'yxatdan o'tmasdan imtihon topshirsa bo'ladimi?

Ha, imtihon mehmon rejimida ochiq. Natija shu qurilmada saqlanadi, hisobingizga kirsangiz u hisobingizga o'tkaziladi.

Imtihonga tayyorligimni qanday bilaman?

Tayyorgarlik foizi va «O'tish ehtimoli» ko'rsatkichlariga qarang: ular bilet, mavzu, marafon, imtihon va Oktagon natijalaridan hisoblanadi. Bir nechta imtihonni ketma-ket 18 va undan yuqori ball bilan topshirsangiz, yaxshi belgi.

Mobil ilova