Prava Test EDU

Buyuruvchi belgilar — rasmlari va izohlari

Buyuruvchi belgilar — O'zbekiston Respublikasi yo'l harakati qoidalaridagi belgilar guruhlaridan biri. Quyida har bir belgining raqami, rasmi va ma'nosi berilgan.

Belgilarni bilish nazariy imtihon uchun zarur: deyarli har bir biletda yo'l belgilari bo'yicha savol bor.

  • 4.1.1 — Harakatlanish to‘g‘riga4.1.1 Harakatlanish to‘g‘riga

    Faqat belgida ko‘rsatilgan yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Harakatlanish yo‘nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. Qaysi kesishmadan oldin o‘rnatilsa, ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

  • 4.1.2 — Harakatlanish o‘ngga4.1.2 Harakatlanish o‘ngga

    Faqat belgida ko‘rsatilgan yo‘nalishda (o‘ngga) harakatlanishga ruxsat etiladi. Harakatlanish yo‘nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. Qaysi kesishmadan oldin o‘rnatilsa, ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi.

  • 4.1.3 — Harakatlanish chapga4.1.3 Harakatlanish chapga

    Faqat belgida ko‘rsatilgan yo‘nalishda (chapga va qayrilishga) harakatlanishga ruxsat etiladi. Harakatlanish yo‘nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. Qaysi kesishmadan oldin o‘rnatilsa, ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi.

  • 4.1.4 — Harakatlanish to‘g‘riga yoki o‘ngga4.1.4 Harakatlanish to‘g‘riga yoki o‘ngga

    Faqat to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanishga ruxsat etiladi. Harakatlanish yo‘nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. Qaysi kesishmadan oldin o‘rnatilsa, ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi.

  • 4.1.5 — Harakatlanish to‘g‘riga yoki chapga4.1.5 Harakatlanish to‘g‘riga yoki chapga

    Faqat to‘g‘riga, chapga va qayrilishga harakatlanishga ruxsat etiladi. Harakatlanish yo‘nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. Qaysi kesishmadan oldin o‘rnatilsa, ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi.

  • 4.1.6 — Harakatlanish o‘ngga yoki chapga4.1.6 Harakatlanish o‘ngga yoki chapga

    Faqat o‘ngga, chapga va qayrilishga harakatlanishga ruxsat etiladi. Harakatlanish yo‘nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. Qaysi kesishmadan oldin o‘rnatilsa, ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi.

  • 4.2.1 — To‘siqni o‘ngdan aylanib o‘tish4.2.1 To‘siqni o‘ngdan aylanib o‘tish

    Yo‘ldagi to‘siqni faqat ko‘rsatkich ko‘rsatgan tomondan (o‘ngdan) aylanib o‘tishga ruxsat etilishini bildiradi.

  • 4.2.2 — To‘siqni chapdan aylanib o‘tish4.2.2 To‘siqni chapdan aylanib o‘tish

    Yo‘ldagi to‘siqni faqat ko‘rsatkich ko‘rsatgan tomondan (chapdan) aylanib o‘tishga ruxsat etilishini bildiradi.

  • 4.2.3 — To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan aylanib o‘tish4.2.3 To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan aylanib o‘tish

    Yo‘ldagi to‘siqni har ikki tomondan ham aylanib o‘tishga ruxsat etilishini bildiradi.

  • 4.3 — Aylanma harakatlanish4.3 Aylanma harakatlanish

    Ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida (soat mili yo‘nalishiga qarshi) aylanma harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.

  • 4.4 — Yengil avtomobillar harakati4.4 Yengil avtomobillar harakati

    Yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar, belgilangan yo‘nalishli transport vositalari va ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruxsat etilishini bildiradi. Belgining ta’sir oralig‘ida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi.

  • 4.5 — Velosiped yo‘lkasi4.5 Velosiped yo‘lkasi

    Faqat velosiped va mopedlarda harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi. Trotuar yoki piyodalar yo‘lkasi bo‘lmasa, velosiped yo‘lkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.

  • 4.6 — Piyodalar yo‘lkasi4.6 Piyodalar yo‘lkasi

    Faqat piyodalar yurishiga ruxsat etiladi.

  • 4.6.1 — Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lak4.6.1 Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lak

    Piyodalar va velosipedchilarning birgalikda harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lak.

  • 4.6.2 — Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lakning oxiri4.6.2 Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lakning oxiri

    Piyodalar va velosipedchilar birgalikda harakatlanadigan yo‘lakning tugaganligini bildiradi.

  • 4.6.3 — Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak4.6.3 Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak

    1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yo‘l chizig‘i yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagi.

  • 4.6.4 — Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri4.6.4 Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri

    Harakati alohida ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagining tugaganligini bildiradi.

  • 4.6.5 — Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak (yo‘nalish almashgan)4.6.5 Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak (yo‘nalish almashgan)

    Piyodalar va velosipedchilar harakati teskari tomonlama alohida ajratilgan yo‘lak (Piyodalar o‘ngda, velosipedchilar chapda).

  • 4.6.6 — Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri (yo‘nalish almashgan)4.6.6 Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri (yo‘nalish almashgan)

    Yo‘nalishi almashgan alohida tashkil etilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagining tugaganligini bildiradi.

  • 4.7 — Eng kam tezlik4.7 Eng kam tezlik

    Faqat belgida ko‘rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.

  • 4.8 — Eng kam tezlik belgilangan yo‘lning oxiri4.8 Eng kam tezlik belgilangan yo‘lning oxiri

    Eng kam tezlik cheklovi (4.7 belgisi) tugaganligini bildiradi.

  • 4.9.1 — Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi (to‘g‘riga)4.9.1 Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi (to‘g‘riga)

    "Xavfli yuk" tanish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yo‘l belgisida ko‘rsatilgan yo‘nalishda (to‘g‘riga) ruxsat beriladi.

  • 4.9.2 — Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi (chapga)4.9.2 Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi (chapga)

    "Xavfli yuk" tanish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yo‘l belgisida ko‘rsatilgan yo‘nalishda (chapga va orqaga) ruxsat beriladi.

  • 4.9.3 — Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi (o‘ngga)4.9.3 Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi (o‘ngga)

    "Xavfli yuk" tanish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yo‘l belgisida ko‘rsatilgan yo‘nalishda (o‘ngga) ruxsat beriladi.

Mobil ilova