Prava Test EDU

Imtiyoz belgilari — rasmlari va izohlari

Imtiyoz belgilari — O'zbekiston Respublikasi yo'l harakati qoidalaridagi belgilar guruhlaridan biri. Quyida har bir belgining raqami, rasmi va ma'nosi berilgan.

Belgilarni bilish nazariy imtihon uchun zarur: deyarli har bir biletda yo'l belgilari bo'yicha savol bor.

  • 2.1 — Asosiy yo‘l2.1 Asosiy yo‘l

    Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin o‘tish huquqini beradi. Belgi asosiy yo‘l boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga o‘rnatiladi.

  • 2.2 — Asosiy yo‘lning oxiri2.2 Asosiy yo‘lning oxiri

    Asosiy yo‘lning tugaganligini va oldinda imtiyoz o‘zgarganligini bildiradi.

  • 2.3.1 — Ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv2.3.1 Ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv

    Asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchini oldinda ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv borligi haqida ogohlantiradi. Aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi.

  • 2.3.2 — Ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuv (o‘ngdan)2.3.2 Ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuv (o‘ngdan)

    O‘ng tomondan ikkinchi darajali yo‘l tutashishini bildiradi. Aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi.

  • 2.3.3 — Ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuv (chapdan)2.3.3 Ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuv (chapdan)

    Chap tomondan ikkinchi darajali yo‘l tutashishini bildiradi. Aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi.

  • 2.4 — Yo‘l bering!2.4 Yo‘l bering!

    Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘dan harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.

  • 2.5 — To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan2.5 To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan

    To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o‘rnatilishi mumkin.

  • 2.6 — Ro‘para harakatlanishning ustunligi2.6 Ro‘para harakatlanishning ustunligi

    Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.

  • 2.7 — Ro‘paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz2.7 Ro‘paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz

    Yo‘lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro‘paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.

Mobil ilova