Ogohlantiruvchi belgilar — rasmlari va izohlari
Ogohlantiruvchi belgilar — O'zbekiston Respublikasi yo'l harakati qoidalaridagi belgilar guruhlaridan biri. Quyida har bir belgining raqami, rasmi va ma'nosi berilgan.
Belgilarni bilish nazariy imtihon uchun zarur: deyarli har bir biletda yo'l belgilari bo'yicha savol bor.
1.1 Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi
Shlagbaum bilan jihozlangan temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi.
1.2 Shlagbaumsiz temir yo‘l kesishmasi
Shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi.
1.3.1 Bir izli temir yo‘l
Bir izli, shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yo‘l kesishmasi oldida o‘rnatiladi.
1.3.2 Ko‘p izli temir yo‘l
Ikki va undan ortiq izli, shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yo‘l kesishmasi oldida o‘rnatiladi.
1.4.1 Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv (uch chiziqli, o‘ng tomon)
Aholi punktlaridan tashqarida temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida qo‘shimcha ogohlantirish beradi.
1.4.2 Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv (ikki chiziqli, o‘ng tomon)
Aholi punktlaridan tashqarida temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida qo‘shimcha ogohlantirish beradi.
1.4.3 Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv (bir chiziqli, o‘ng tomon)
Aholi punktlaridan tashqarida temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida qo‘shimcha ogohlantirish beradi.
1.4.4 Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv (uch chiziqli, chap tomon)
Aholi punktlaridan tashqarida temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida qo‘shimcha ogohlantirish beradi.
1.4.5 Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv (ikki chiziqli, chap tomon)
Aholi punktlaridan tashqarida temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida qo‘shimcha ogohlantirish beradi.
1.4.6 Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv (bir chiziqli, chap tomon)
Aholi punktlaridan tashqarida temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida qo‘shimcha ogohlantirish beradi.
1.5 Tramvay yo‘li bilan kesishuv
Tramvay liniyasi bilan kesishuv joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi.
1.6 Teng ahamiyatli yo‘llar kesishuvi
Teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar chorrahasiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi.
1.7 Aylanma harakatlanish bilan kesishuv
Aylanma harakat tashkil etilgan chorrahaga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi.
1.8 Svetofor bilan tartibga solish
Harakatlanish svetofor bilan tartibga solinadigan chorraha, piyodalar o‘tish joyi yoki yo‘l qismini bildiradi.
1.9 Ko‘tarma ko‘prik
Ko‘tarma ko‘prik yoki solda kesib o‘tish joyiga yaqinlashayotganlikni bildiradi.
1.10 Sohilga chiqish
Daryo yoki suv havzasi qirg‘og‘iga, sohilga chiqishni bildiradi.
1.11.1 Xavfli burilish (o‘ngga)
Yo‘lning kichik radiusli yoki ko‘rinishi cheklangan o‘ngga burilish joyini bildiradi.
1.11.2 Xavfli burilish (chapga)
Yo‘lning kichik radiusli yoki ko‘rinishi cheklangan chapga burilish joyini bildiradi.
1.12.1 Xavfli burilishlar (birinchi burilish o‘ngga)
Yo‘lning ketma-ket keladigan xavfli burilishlari bo‘lgan qismini bildiradi, birinchi burilish o‘ngga bo‘ladi.
1.12.2 Xavfli burilishlar (birinchi burilish chapga)
Yo‘lning ketma-ket keladigan xavfli burilishlari bo‘lgan qismini bildiradi, birinchi burilish chapga bo‘ladi.
1.13 Tik nishablik
Oldinda tik tushish joyi borligi haqida ogohlantiradi.
1.14 Tik balandlik
Oldinda tik ko‘tarilish joyi borligi haqida ogohlantiradi.
1.15 Sirpanchiq yo‘l
Qatnov qismi o‘ta sirpanchiq bo‘lgan yo‘l qismi haqida ogohlantiradi.
1.16 Notekis yo‘l
Qatnov qismi notekis bo‘lgan yo‘l qismini (o‘nqir-cho‘nqir, o‘ydim-chuqur joylar, ko‘prikning yo‘lga notekis tutashuvi va shu kabilar) bildiradi.
1.17 Tosh otilishi xavfi
Transport vositasining g‘ildiragi ostidan shag‘al, tosh va shunga o‘xshashlarning otilib chiqish ehtimoli bo‘lgan yo‘l qismini bildiradi.
1.18.1 Yo‘lning torayishi (ikki tomonlama)
Yo‘l qismining ikki tomondan torayishini bildiradi.
1.18.2 Yo‘lning torayishi (o‘ngga)
Yo‘l qismining o‘ng tomondan torayishini bildiradi.
1.18.3 Yo‘lning torayishi (chapga)
Yo‘l qismining chap tomondan torayishini bildiradi.
1.19 Ikki tomonlama harakatlanish
Yo‘lning (qatnov qismining) qarama-qarshi harakatlanish qismi boshlanishini bildiradi.
1.20 Piyodalar o‘tish joyi
5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 — 1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar o‘tish joyini bildiradi.
1.21 Bolalar
Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga o‘xshashlar)ga yaqin yo‘lning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimolini bildiradi.
1.22 Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv
Yo‘lning velosiped yo‘lkasi bilan kesishgan joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi.
1.23 Ta’mirlash ishlari
Yo‘lda ta’mirlash va yo‘l ishlari olib borilayotgan joy haqida ogohlantiradi.
1.24 Mol haydab o‘tish
Yo‘lning chorva mollari haydab o‘tiladigan qismiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi.
1.25.1 Yovvoyi hayvonlar
Yo‘lning yovvoyi hayvonlar chiqib qolishi mumkin bo‘lgan qismiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi.
1.25.2 Pastlab uchuvchi qushlar
Yo‘lning qushlar pastlab uchib o‘tadigan va haydovchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan qismi haqida ogohlantiradi.
1.25.3 Kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar
Yo‘lda mayda kemiruvchilar yoki sudralib yuruvchilar chiqishi mumkin bo‘lgan hudud haqida ogohlantiradi.
1.26 Toshlar tushishi
Tosh ko‘chishi, surilishi va tushishi mumkin bo‘lgan yo‘l qismini bildiradi.
1.27 Yonlama shamol
Kuchli yonlama shamol esadigan yo‘l qismiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi.
1.28 Pastlab uchuvchi samolyotlar
Samolyotlar yoki vertolyotlar pastlab uchadigan aerodromlar yaqinidagi yo‘l qismi haqida ogohlantiradi.
1.29 Tunnel
Sun’iy ravishda yoritilmagan yoki kirish peshtog‘ining ko‘rinishi cheklangan tunnelni bildiradi.
1.30 Boshqa xavf-xatarlar
Ogohlantiruvchi belgilarda ko‘zda tutilmagan xavf-xatarlar bo‘lgan yo‘l qismini bildiradi.
1.31 Sun’iy yo‘l notekisligi
Yo‘lning sun’iy notekislik o‘rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to‘g‘risida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo‘llaniladi.
1.31.1 Burilishning yo‘nalishi (o‘ngga)
Kichik radiusli, ko‘rinishi cheklangan yo‘lda harakatlanish yo‘nalishini va yo‘lning ta’mirlanayotgan qismini aylanib o‘tish yo‘nalishini bildiradi.
1.31.2 Burilishning yo‘nalishi (chapga)
Kichik radiusli, ko‘rinishi cheklangan yo‘lda harakatlanish yo‘nalishini va yo‘lning ta’mirlanayotgan qismini aylanib o‘tish yo‘nalishini bildiradi.
1.31.3 Burilishning yo‘nalishi (ikki tomonlama)
T-simon chorrahada yoki yo‘l ayrilishlarida harakatlanish yo‘nalishini, ta’mirlanayotgan yo‘l qismini aylanib o‘tish yo‘nalishini bildiradi.
1.32 Tirbandlik
Ushbu yo‘l belgisi vaqtinchalik yoki tasviri o‘zgaradigan holatda tirbandlik hosil bo‘lgan yo‘l yoki chorrahaga kirish oldidan yo‘lni yoki chorrahani aylanib o‘tish imkoniyati bo‘lgan joyga o‘rnatiladi.
1.33 Qatnov qismi kesishmasi hududi
1.30 yotiq chizig‘i bilan belgilangan chorrahaga yaqinlashayotganligini anglatib, oldinda tirbandlik yuzaga kelganligi tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorrahaga kirish, agar to‘xtash chizig‘i yoki 5.33 yo‘l belgisidan o‘tib bo‘lgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishni taqiqlanishini bildiradi.
1.34 Diqqat, boshqariladigan to‘siq
Ushbu yo‘l belgisi boshqariladigan to‘suvchi qurilmaga yetmasdan o‘rnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda to‘suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.
1.35 Piyodalarning yo‘l yoqasidan yurishi mumkin bo‘lgan hudud
Yo‘lning piyodalar yo‘l yoqasidan (obochinadan) harakatlanishi kutiladigan yoki bunga ruxsat berilgan qismi haqida ogohlantiradi.