Taqiqlovchi belgilar — rasmlari va izohlari
Taqiqlovchi belgilar — O'zbekiston Respublikasi yo'l harakati qoidalaridagi belgilar guruhlaridan biri. Quyida har bir belgining raqami, rasmi va ma'nosi berilgan.
Belgilarni bilish nazariy imtihon uchun zarur: deyarli har bir biletda yo'l belgilari bo'yicha savol bor.
3.1 Kirish taqiqlangan
Bacha transport vositalarining kirishi taqiqlanishini bildiradi.
3.2 Harakatlanish taqiqlangan
Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.3 Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan
Barcha turdagi mexanik transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi (mopedlar va ishlab chiqarish quvvati kichik bo'lmagan transportlar kiradi).
3.4 Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan
Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida ko‘rsatilmagan bo‘lsa) yoki ruxsat etilgan to‘liq vazni belgida ko‘rsatilgandan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, o‘ziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi. 3.4. yo‘l belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.
3.5 Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan
Mototsikllar, skuterlar va shunga o‘xshash mexanik transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi.
3.6 Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan
Traktorlar va o‘ziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.7 Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan
Yuk avtomobillari va traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek, mexanik transport vositalarini shatakka olish taqiqlanadi.
3.8 Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan
Ot-arava (chana), otliqlar, yuk ortilgan hayvonlarning harakatlanishi, shuningdek, chorva (poda) haydab o‘tish taqiqlanadi.
3.9 Velosipedda harakatlanish taqiqlangan
Velosipedda va mopedda harakatlanish taqiqlanadi.
3.10 Piyodaning harakatlanishi taqiqlangan
Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan hududni bildiradi. Yo'lning faqat o'rnatilgan tomoniga amal qiladi.
3.11 Vazn cheklangan
Haqiqiy umumiy vazni belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.12 O‘qqa tushadigan og‘irlik cheklangan
Har qanday o‘qiga tushadigan haqiqiy og‘irlik belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.13 Cheklangan balandlik
Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilgandan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.14 Cheklangan kenglik
Gabarit kengligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.15 Cheklangan uzunlik
Gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalari (transport vositalari tarkiblari)ning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.16 Eng kam oraliq
Belgida ko‘rsatilganidan kam bo‘ylama oraliq masofada harakatlanish taqiqlanadi.
3.17.1 Bojxona
Bojxona (nazorat punkti) oldida to‘xtamasdan o‘tib ketish taqiqlanadi.
3.17.2 Xavf-xatar
Yo‘l-transport hodisasi, avariya, yong‘in yoki boshqa xavf-xatar vaziyatlar tufayli, istisnosiz, barcha transport vositalarining bundan keyin harakatlanishi taqiqlanadi.
3.17.3 Nazorat joyi
Transport vositalarining tekshirib o‘tkazilishi majburiy bo‘lgan vaqtinchalik yoki doimiy nazorat punktlarida o‘rnatiladi. Ushbu yo‘l belgisi 2.5 yo‘l belgisi bilan birga o‘rnatilishi mumkin.
3.18.1 O‘ngga burilish taqiqlangan
Chorrahada yoki qatnov qismlari kesishmasida o‘ngga burilishni taqiqlaydi.
3.18.2 Chapga burilish taqiqlangan
Chorrahada yoki qatnov qismlari kesishmasida chapga burilishni taqiqlaydi (orqaga qayrilishga ruxsat beriladi).
3.19 Qayrilish taqiqlangan
Transport vositalarining orqaga qayrilishini taqiqlaydi (chapga burilishga ruxsat beriladi).
3.20 Quvib o‘tish taqiqlangan
Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi.
3.21 Quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri
3.20 belgisining amal qilish hududi tugaganligini bildiradi.
3.22 Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan
To‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).
3.23 Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri
3.22 belgisining amal qilish hududi tugaganligini bildiradi.
3.24 Yuqori tezlik cheklangan
Belgida ko‘rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
3.25 Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri
3.24 belgisining amal qilish hududi tugaganligini bildiradi.
3.26 Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan
Yo‘l transport hodisasining oldini olish hollaridan boshqa vaziyatlarda tovush moslamasidan foydalanish taqiqlanadi.
3.27 To‘xtash taqiqlangan
Transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
3.28 To‘xtab turish taqiqlangan
Transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
3.29 Oyning toq kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan
(xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
3.30 Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan
(xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
3.31 Barcha cheklovlarning oxiri
3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan hududlarning oxiri.
3.32 Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan
Xalqaro yoki milliy qonunchilikka muvofiq tegishli toifadagi xavfli yuk belgisi bilan belgilangan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi.
3.33 Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan
Portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek, belgilangan tartibda tez alangalanuvchi deb tasniflangan yuklarni tashiyotgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi.