Vaqtinchalik yo'l belgilari — rasmlari va izohlari
Vaqtinchalik yo'l belgilari — O'zbekiston Respublikasi yo'l harakati qoidalaridagi belgilar guruhlaridan biri. Quyida har bir belgining raqami, rasmi va ma'nosi berilgan.
Belgilarni bilish nazariy imtihon uchun zarur: deyarli har bir biletda yo'l belgilari bo'yicha savol bor.
1.15 Sirpanchiq yo‘l
Yo‘lning qatnov qismi haddan tashqari sirpanchiq bo‘lgan (muzlama, qor, yomg‘ir yoki moy to‘kilishi natijasida) hududga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi. Tezlikni kamaytirish va keskin tormoz bermaslik tavsiya etiladi.
1.31 Sun’iy yo‘l notekisligi
Tezlikni majburiy ravishda kamaytirish uchun yo‘lga o‘rnatilgan sun’iy notekislik («lejachiy politseyskiy») haqida ogohlantiradi. Transport vositasi osma qismini shikastlamaslik uchun tezlikni oldindan pasaytirish zarur.
1.17 Tosh otilishi xavfi
Transport vositalarining g‘ildiraklari ostidan tosh, shag‘al va shunga o‘xshash narsalar otilib chiqish xavfi bo‘lgan yo‘l qismi. Oraliq masofani (distansiya) va yonlamacha oraliqni (interval) uzaytirish, tezlikni pasaytirish lozim.
1.18.1 Yo‘lning torayishi
Yo‘l qatnov qismining har ikki tomondan torayishi (masalan, ta’mirlash ishlari yoki ko‘prik sababli). Haydovchilar qarama-qarshi tomondan kelayotgan transportlar bilan xavfsiz yonlama oraliqni ta’minlashlari kerak.
1.18.2 Yo‘lning torayishi
Yo‘l qatnov qismining o‘ng tomondan torayishi haqida ogohlantiradi. O‘ng qatnov bo‘lagida harakatlanayotgan transport vositalari chap qatorga qayta joylashishga tayyorlanishi va chapdagi transportlarga yo‘l berishi shart.
1.18.3 Yo‘lning torayishi
Yo‘l qatnov qismining chap tomondan torayishi haqida ogohlantiradi. Chap qatnov bo‘lagida harakatlanayotgan transport vositalari o‘ng qatorga xavfsiz qayta joylashishlari lozim.
1.23 Ta’mirlash ishlari
Yo‘lning oldingi qismida ta’mirlash yoki tiklash ishlari olib borilayotganligi haqida ogohlantiradi. Yo‘lda ishchilar, maxsus texnikalar yoki to‘siqlar bo‘lishi mumkin. Haydovchi juda ehtiyotkor bo‘lishi va tezlikni pasaytirishi shart.
2.6 Ro‘para harakatlanishning ustunligi
Yo‘lning toraygan qismiga kirishni taqiqlaydi, agar bu qarama-qarshi tomondan kelayotgan transport vositalarining harakatiga xalaqit bersa. Haydovchi ro‘paradagi transportga yo‘l berishi shart. Sariq fondagi ushbu belgi vaqtinchalik xarakterga ega.
3.12 O‘qqa tushadigan og‘irlik cheklangan
Har qanday o‘qiga tushadigan haqiqiy og‘irligi belgidagi ko‘rsatilgan (5 tonna) dan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi. Sariq fon vaqtinchalik cheklov ekanligini bildiradi.
3.20 Quvib o‘tish taqiqlangan
Barcha transport vositalariga quvib o‘tishni taqiqlaydi. Faqat soatiga 30 km dan past tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositalari, ot-arava yoki velosipedlarni quvib o‘tishga ruxsat beriladi. Sariq fon vaqtinchalik taqiq hisoblanadi.
3.24 Yuqori tezlik cheklangan
Belgida ko‘rsatilgan tezlikdan (50 km/s) yuqori tezlikda harakatlanishni taqiqlaydi. Yo‘lning xavfli hududlarida yoki ta’mirlash ishlarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida vaqtinchalik o‘rnatiladi.